Sun`iy idrok bolalarning aqliy qobiliyatini baholash uslublarini qanday o’zgartiradi?

Dunyoning ko’p maktablarida bolalar standart testlar yordamida baholanadi. Biroq testlar aqliy qobiliyat haqida chegaralangan tasavvurni beradi – axir ularni hatto mashinalar ham yecha oladi. Shaxsiy yo’naltirilgan dizayn professori Rouz Lakin «Bilimni kengroq ma`noda baholash kerak, bunda sun`iy idrok yordam beradi»,- deb hisoblaydi.

O’zining so’nggi «Mashina yordamida ta`lim olish va inson aqli:XXI asrda ta`lim kelajagi» kitobida Lakin bolalar va o’qituvchilarni robotlarga  aylantirmasdan,intellektning boshqa ta`rifidan foydalanishni taklif qiladi. Professor aqlli qobiliyatlarning yetti turini ko’rsatadi. Birinchidan, fanlarni alohida yodlab olish o’rniga fanlararo akademik bilim yoki turli predmetlar orasida aloqalarni o’rnatish.Finlyandiyada predmetlarni bir-biridan ajratish tizimidan xalos bo’lishdi. O’qituvchilar o’quvchilarga matematika, tarix, iqtisodiyot o’rtasida mantiqiy aloqa o’rnatishda yordam beradi.

Ikkinchi xil – bu ijtimoiy intellekt yoki shaxsiy his-tuyg’ularni tushuna olish va ularni jamiyatda boshqarish. Bu ko’nikmani mashinalar emas, odamlar yaxshi eplaydilar.

Lakin metabilimlarning to’rt turini ajratadi:

Metabilim yoki bilimlarni qabul qilish. Bilimlar qayerdan kelishini o’quvchilar biladimi? Ularga qanday munosabatda bo’lishadi. Bunday aqliy qobiliyatga ega bolalar yaxshi isbot nimadan hosil bo’lishini bilib, ular asosida xulosa qilishlari mumkin.

Metaong yoki o’zini anglash hamda o’zining kognitiv jarayonlarini boshqarish ko’nikmasi. (Masalan, qo’l bilan yozilgan narsalarni yaxshi eslab qolishimni bilganim uchun imtihongacha so’nggi kunni kutib o’tirmayman.Barini yozib chiqaman).

Meta sub`yektiv bilim yoki shaxsiy his-tuyg’u va o’qish hamda salomatlik haqidagi  o’zaro aloqani tushunish. Bu yerdagi o’ziga xoslik ishtiyoqdir.

Ta`lim bo’lib o’tadigan dinamik atrof-muhit haqidagi metabilim. «Aqliy qobiliyatlar miyaning o’zi bilan cheklanmagan», – deb hisoblaydi Lakin. – Ular kengroq ekani to’g’risida ko’proq isbotlar paydo bo’ladi.

Shaxsiy qobiliyatlar va samaradorlikni baholash ko’nikmasi – aqlning eng muhim jihati bo’lsa kerak. Biroq ko’p odamlar o’z kuchini yuqori baholashga moyil. Bu yerda sun`iy idrok yordamga keladi.

Sun`iy idrok o’qituvchiga yordamchi sifatida

Lakin sun`iy idrokni nafaqat aqliy qobiliyatlar, balki jamoada ishlash, ishonch va o’qituvchining ishtiyoqini baholashda qo’llashni taklif etmoqda. Bunday tizim odatiy testlardan xalos bo’lish imkonini beradi. Kompyuter, telefon yoki planshetdagi maxsus vositalar o’quvchining ijtimoiy, fanlararo va boshqa metabilimlarni baholaydi. Bolalar va o’qituvchilar qobiliyat, bilimning qaysi jihati ustida ishlash to’g’risida detallashtirilgan tasavvurni olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Olingan ma`lumotlarni o’rganib, o’qituvchilar o’quvchilarning rag’bat va o’tirib ishlash bilan bog’liq muammolari ustida ishlay oladilar. Lakin sun`iy idrok istalgan bilimga to’liq baho bera olmasligini tan olsa-da, u bizlarga yaxshiroq bo’lishimizda yordam bera oladi deb hisoblaydi.

Professor sun`iy idrok ta`limda yordam berishiga  bir necha misollar keltiradi. O’qituvchi o’quvchilar jamoada qanday ishlashini kuzata olmaydi. Shuning uchun  Lakin bu muammoni hal qilish uchun tajriba o’tkazdi. Sinfda kameralar o’rnatildi, ular yordamida qo’llar harakati, bolalar boshlarining holati suratga    olinib, ular birgalikda qay darajada samarali ishlashi baholandi. Sun`iy idrok natijalari tahlillarini odamlar guruhi baholab, bolalarning jamoada ishlashiga o’z bahosini berdi. Lakinning so’zlariga ko’ra, tajribaning maqsadi muammolarni birgalikda hal etishning muvaffaqiyatli elementi bo’lgan ijtimoiy hamkorlikning isbotini topish edi. Bu kabi isbotni informatsion doska yaratishda qo’llash mumkin. Unda o’qituvchilar o’quvchilarning qaysi guruhi ko’proq e`tibor talab etishini qayd etib, yozib boradilar. Bu o’qituvchilarga vaqtdan unumli foydalanishda yordam beradi.

Sinfda sun`iy idrokdan foydalanishga yana bir misol – bu BritaniyaningCentury Tech ta`lim beruvchi platformasi. U sun`iy idrok va katta ma`lumotlardan foydalanib, o’quvchining kuchli va kuchsiz jihatlarini hisobga olgan holda o’rgatuvchi materiallarni tuzishda foydalanadi. O’qituvchi o’quvchilarning muvaffaqiyatini real vaqt rejimida kuzatish va ta`lim olishga eng mos keladigan yondashuvni tanlay oladilar.

Sun`iy idrok nazoratining salbiy jihatlari

O’qituvchilarga ta`lim jarayonida yordam beradigan sun`iy idrok turli qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Birinchidan, ta`lim tizimidagi o’zgarishlar afsuski, juda kamdan kam sodir bo’ladi. Ikkinchidan, o’quvchilarni kuzatadigan sun`iy idrok to’g’risidagi g’oya yashirin ma`lumotlar uchun xavf tug’dirishi mumkin. Agar texnologiya bolangizning aqliy qobiliyatlarini doimiy ravishda baholasa, u farzandingizning kuchli va kuchsiz jihatlari to’g’risidagi ma`lumotlarni to’plashini bildiradi. Bunday ma`lumotlardan o’quvchilarga turli yorliqlar yopishtirish va ularni turli imkoniyatlardan cheklashda foydalanish mumkin.

O’quvchilarni kuzatish Xitoydagi maktablardan birida qo’llanilgan. Mahalliy aholining noroziligi sabab uni to’xtatishga to’g’ri keldi. Shunga qaramay, bu holat shunga o’xshash texnologiya utopiyaga qarshi sharoitlarini namoyish etadi.

Lakin yashirin ma`lumotlar – muhokama qilinishi kerak bo’lgan jiddiy masala ekanini tan oladi. Biroq ta`lim tizimi hech qanday islohotni qo’llab-quvvatlamas ekan, degan xavotirga o’rin yo’q.

Testning kelajagi

Balki yaqin kelajakda maktablar akademik test tizimidan voz kechishlari mumkin. Biroq ta`lim tizimidagi odamlar tobora imtihonlarning bunday tizimi samarali emasligini tan olishmoqda: u ma`lumotni o’ylamay yodlab olishni rag’batlantirib, ichki rag’batga yo’l bermaydi.

Lakin sun`iy idrok testlar o’rnini bosishi mumkin, deb hisoblaydi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing