O’zbekistonda fransuz tili o’qituvchilari Fransiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda tayyorlanadi

Fransiyaning Serji-Pontuaz universiteti va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.

Unga ko’ra Serji-Pontuaz va O’zbekiston davlat jahon tillari universitetlari ta`lim dasturlarini ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik qilishadi.

Hamkorlik aloqalari boshlang’ich va o’rta ta`limda faoliyat yurituvchi fransuz tili o’qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ikki muassasa xodimlari va talabalari o’rtasida o’zaro almashinuvlarni yo’lga qo’yish bo’yicha olib boriladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing