Darsliklarning elektron shaklidan onlayn foydalanish imkoni yaratildi

Oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2018-2019 oʻquv yilida 1-11 sinflarga moʻljallangan darsliklarning elektron shakllari www.eduportal.uz axborot-taʼlim portaliga joylashtirildi.

Darslik mualliflari mutaxassislarning fikrlarini bilishi va kelgusida darsliklarni takomillashtirish va yaxshilash maqsadida, ushbu portalda bosqichma-bosqich har bir darslik boʻyicha sharh berish imkoniyati beriladi.

Shu bilan birga, darsliklarni tayyorlash va joylarga yetkazish bilan bogʻliq vaziyatni tahlil qilganda, bir qator muammolar aniqlangan, jumladan:

1. Darsliklarning nashr etish jarayoni notoʻgʻri rejalashtirilishi va joylarga yetkazib berish muddatlarining qisqaligi, ularning sifatiga va oʻz vaqtida yetkazilishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

2. Mualliflar bilan ishlash va original darsliklarni tayyorlashdagi qiyinchiliklar.

3. Darsliklarni muddatida chop etilmaganligi tufayli, nashriyotlar bilan shartnoma muddatlarining uzaytirilishi.

4. Logistika muammolari.

Shu munosabat bilan, oʻtgan oʻquv yilining boshiga qadar darsliklarning umumiy sonidan 47 foizi yetkazilgan, qolgan qismi esa butun oʻquv yili davomida (may oyiga qadar) yetkazib berilgan.

Oʻtgan davr mobaynida xalq taʼlimi vazirligining mutaxassislari darsliklarning belgilangan muddatda joylarga, jumladan, chekka hududlarga yetkazib berishni optimallashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar roʻyxatini ishlab chiqdilar. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, muhim yutuqlarga erishildi. Bugungi kunda darsliklarning 94 foizi taʼlim muassasalariga topshirildi. Maktablardagi rejalashtirilgan oʻquvchilar soni va haqiqiy oʻquvchilar sonidagi farq tufayli, hozirgi kunda baʼzi bir darsliklarning maktablardan maktablarga yoʻnaltirish ishlari olib borilmoqda.

Har kuni vazirlik mutaxassislari, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha ish olib borishmoqda. Shu munosabat bilan, darsliklarning yetishmasligi holatlari yuzaga kelganda, vaqtincha ularning elektron shaklidan foydalanishingizni soʻraymiz. Shuningdek, ularning elektron shaklidan chop etishingiz ham mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing