Maktabning Kuzatuv kengashi asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida xalq ta`limi vazirining «Umumiy o’rta ta`lim muassasasining Kuzatuv kengashi to’g’risida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug’i loyihasi joylashtirildi.

Umumiy o’rta ta`lim muassasasining Kuzatuv kengashi to’g’risidagi namunaviy nizomga ko’ra, kuzatuv kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta`lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;

ta`lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash;

ta`lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo’jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet, byudjyetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag’lardan foydalanish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;

ta`lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo’yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko’rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang’ich narxni ko’rib chiqish va tasdiqlash;

o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o’rnatish;

o’quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko’rib chiqish, umumta`lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to’g’risida ijtimoiy so’rovlarni o’tkazish;

ta`lim muassasasi o’quvchilarining o’qishi va ma`naviy-ma`rifiy, madaniy hamda sport bo’yicha kamol topishlariga, ushbu yo’nalishlardagi tadbirlarda ishtirok etishlari uchun mavjud shart-sharoitlarni yaxshilashda ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

ta`lim muassasasida ayrim o’quvchilarni kamsitish, ularga zo’ravonlik qilish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo’yicha ishlab chiqiladigan dasturlar tayyorlanishida ishtirok etish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;

ta`lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.

Maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda Kuzatuv kengashining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:

ta`lim muassasalari direktorlarini Xalq ta`limi vazirligi tavsiya etgan nomzodlar orasidan tanlab olish, shuningdek ularni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo’yicha takliflar kiritish;

ta`lim muassasasini rivojlantirishga doir ustuvor yo’nalishlarni belgilash bo’yicha ta`lim muassasasi rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy xalq ta`limi bo’limlari va mahalliy hokimiyat idoralariga takliflar kiritish;

ta`lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, uning binosini ta`mirlash va hududini obodonlashtirishga amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan byudjyetdan tashqari va homiylik mablag’larini jalb qilish va ularning maqsadli sarflanishida shaffoflikni ta`minlash;

ta`lim muassasasi rahbari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy-xo’jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet, byudjyetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag’lardan foydalanish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida hisobotlarini har chorakda kamida bir marta tinglash;

ta`lim muassasasi rahbarining taqdimnomasiga asosan ko’rsatiladigan pullik xizmatlar tariflari, ta`lim muassasasi xonalari, binolari va boshqa mol-mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang’ich narxni ko’rib chiqish va tasdiqlash;

o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalar mehnatidan foydalanish holatlarini oldini olish yuzasidan tizimli monitoring o’rnatish;

ta`lim muassasasi pedagog xodimlarining sha`ni, qadr-qimmati, obro’sini himoyalash, ularni majburiy mehnatga jalb etilishini oldini olish bo’yicha nazorat o’rnatish;

o’quvchilar va ularning ota-onalarining murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning pedagog va rahbar kadrlar haqidagi fikrlarini o’rganish maqsadida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;

ta`lim muassasasida ayrim o’quvchilarni kamsitish yoki zo’ravonlik holatlarini aniqlash va tahlil qilish ishlarida faol ishtirok etish, aniqlangan holatlar yuzasidan ichki ishlar organlarini xabardor qilish;

ta`lim muassasasining byudjyetdan tashqari va homiylik mablag’larini ijodkor o’qituvchilar va iqtidorli o’quvchilarni (fan olimpiadalari, sport musobaqalari, turli ko’rik-tanlovlar g’oliblarini) rag’batlantirishda shaffoflikni ta`minlash;

Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.

Kuzatuv kengashi besh kishidan kam bo’lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi va u jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.

Kuzatuv kengashi tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qo’shishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar va homiylar kiritiladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing