O’zbekistonda yangi ko’krak nishoni ta`sis etilishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta`limi vazirligining «Xalq ta`limi fidoyisi» ko’krak nishonini ta`sis etish to’g’risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan «Xalq ta`limi fidoyisi» ko’krak nishoni ta`sis etilishi rejalashtirilmoqda.

«Xalq ta`limi fidoyisi» ko’krak nishoni to’g’risidagi nizomga ko’ra, «Xalq ta`limi fidoyisi» ko’krak nishoni bilan Xalq ta`limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni mustahkamlash, ma`naviyatimizni yuksaltirish, yorqin iste`dodi va ijodi, ilmiy va jamoatchilik faoliyati, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o’rtasida hurmat qozongan faol, tashabbuskor, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo’shayotgan xalq ta`limi tizimi pedagog va xodimlar taqdirlanadilar.

Ko’krak nishoni bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Ko’krak nishoni bilan boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta`lim muassasalarining pedagog va xodimlari ham yoshlarga ta`lim-tarbiya berishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun ushbu vazirliklar va idoralar tavsiyanomasiga asosan taqdirlanishlari mumkin.

Ko’krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalari, vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari va muassasalari tomonidan har yili 1 iyungacha Xalq ta`limi vazirligiga taqdim etiladi.

Ko’krak nishoniga tavsiya etish, taqdim etilgan tavsiyanomalarni ko’rib chiqish va ko’krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlab olish tartibi hamda har yilgi taqdirlanadiganlar kvotasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ko’krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarning ta`lim sohasida samarali mehnat qilib, jamoada hurmat-e`tibor qozongan, o’z yo’nalishi bo’yicha faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan, «Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi», «Yilning eng yaxshi darslik muallifi» va Xalq ta`limi tizimida o’tkaziladigan boshqa ko’rik-tanlovlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan, xalqaro konferensiyalar hamda respublika anjumanlarida o’z ma`ruzalari bilan faol ishtirok etib, soha rivojiga munosib hissa qo’shgan va mutaxassislar e`tirofiga sazovor bo’lgan, yangi darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, elektron dars ishlanmalarini yaratgan hamda yangi avlod darsliklarini tajriba-sinovdan o’tkazgan, yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etgan, ish tajribalari tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilgan, sohaga oid Davlat dasturlari va Hukumat qarorlari ijrosini ta`minlashda faollik ko’rsatib kelayotgan, sohaga ilg’or innovatsion texnologiyalarni tatbiq etgan, o’quvchilari fan olimpiadalari, «Bilimlar bellashuvi» va Xalq ta`limi tizimida o’tkaziladigan boshqa ko’rik-tanlovlarda yuqori o’rinlarni egallagan bo’lishiga alohida e`tibor qaratiladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing