Ta`lim muassasalari hududida nimalar taqiqlanadi?

Ta`lim muassasalari hududi va xonalarida ta`lim oluvchilarga ba`zi narsalar taqiqlanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Ular:

telefonini bo’yniga osib olish, ko’krak cho’ntaklarida, shim, yubkalari cho’ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta`lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

telefoni yordamida:

atrofdagilarga zo’ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ’ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta`lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo’ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo’li bilan zarar yetkazish;

o’quv mashg’ulotlari vaqtida:

telefon orqali so’zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo’natish;

telefonni stol ustiga qo’yish;

musiqa, shu jumladan quloqchinlar orqali tinglash;

surat va video tasvirlarni ko’rsatishda telefondan foydalanish (o’yinlar bilan shug’ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko’rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

suratga olish va video tasvirga tushirish;

telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing