Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun hokimlar shaxsan masʼuldirlar

Oxirgi paytlarda ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizning hududlaridagi ayanchli ahvolga tushib qolgan maktablar haqida materiallar paydo boʻlmoqda. Xalq taʼlimi vazirligiga oʻqituvchilar va oʻquvchilarning ota-onalari taʼlim muassasalarining qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati yaxshi emasligi yoki kuz-qish mavsumiga tayyor emasligi mazmunidagi murojaatlar bilan chiqishadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2018 yil 5 sentyabrda “Xalq taʼlimi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Mazkur hujjatda maktablarning holati uchun masʼul boʻlgan shaxslar aniq koʻrsatilgan.

Farmonning 3-bandida koʻrsatilganidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq taʼlimi muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama koʻmaklashishga masʼul ekanligi belgilangan.

Qolaversa, xalq taʼlimi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmasini (trotuarlar, yoʻllar va boshqalar) zarur holatda saqlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;

Xalq taʼlimi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash;

tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq taʼlimi muassasalarini oʻquv yiliga va kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;

Umumtaʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan hududlar atrofini oʻrash, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yongʻinga qarshi signalizatsiya tizimlarini, kirish yoʻllarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni oʻrnatish chora-tadbirlarini koʻrish kabi bir qator vazifalar belgilangan.

Maktablarning infratuzilmasini va moddiy-texnik bazasini yaxshilash muhimligini hisobga olgan holda, hokimliklarning ushbu muassasalarning rivojlanishi uchun investitsiyalar va homiylik faol jalb etishi kutilmoqda.

2018 yil iyul oyidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini onlayn monitoring qilish, jamoatchilik tomonidan nazoratni oʻrnatish, amalga oshirilayotgan ishlarning shaffofligi va sifatini taʼminlashga qaratilgan stat.uzedu.uz axborot tizimi amaliyotga joriy etildi. Ushbu tizim mahalliy hokimlik rahbarlariga u yoki bu viloyat va tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish imkonini berib, oʻziga xos onlayn reytingni koʻrsatib beradi. Shuningdek, har bir hududdagi vaziyatni tumanlar va maktablar kesimida oʻrganish imkoniyati yuzaga keladi. Viloyat va tumanlar qurilish-taʼmirlash ishlarining bajarilish salmogʻi boʻyicha joylashtirilgan boʻlib, yaxshilari eng yuqori qatordan oʻrin oladi.

Endilikda har bir inson amalga oshirilayotgan islohotlarga oʻz fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda fikr mulohaza va takliflarini bildirishi mumkin. Ayniqsa, maktab foydalanishga topshirilishi arafasida, yaʼni ishlar 100 foizlik holatga yetkazilgan vaqtda, jamoatchilik nazorati juda muhimdir.

Avvallari, maktabning qurilish-taʼmirlash ishlari toʻliq tugallanmagan boʻlsa-da maktab direktorlarini qabul qilish boʻyicha majburlab imzo qoʻydirib olish holatlari kuzatilgan. Mazkur tizim maktablardagi qurilish-taʼmirlash ishlari sifati kuzatuv kengashlari, mahalliy hokimliklar hamda boshqa faol jamoatchilik vakillari tomonidan oʻrganishida qulay vosita boʻlib xizmat qiladi.

Kamchiliklar aniqlangan holatlarda, tizim orqali suratlar va izohlar qoldirish imkoniyati yaratildi. Natijada mahalliy hokimliklar (buyurtmachilar)da pudratchiga taqdim etish uchun mavjud kamchiliklarning haqqoniy rasmlari va barcha kamchiliklar bartaraf etilmagunga qadar obyektlarni qabul qilmaslikka asos boʻladi, pudratchi yoʻl qoʻygan xatolari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Shunday qilib, pudratchilar kamchiliklar uchun shaxsan javobgar boʻladi mahalliy hokimliklar (mijozlar) pudratchiga taqdim etishida kamchiliklarning oʻziga xos fotosuratlariga ega boʻlishadi va barcha kamchiliklar bartaraf qilinmaguncha obʼektlarni qabul qilmasliklariga asos boʻladi. Ushbu tizim maktablarimiz qurilishining sifatini yaxshilashga, shuningdek, aholi tomonidan muammoli masalalarni oʻz vaqtida aniqlashga koʻmaklashish imkonini beradi.

Afsuski, ayrim xodimlar bu sohada muammoli masalalarni yashirish uchun notoʻgʻri hisobotlar kiritishi ham mumkin. Shu bois, vazirlik jamoatchilikni va ota-onalarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bogʻliq muammolarni oʻrganishda faolroq boʻlishga va mahalliy hokimiyat idoralari maktablarni tayyorlashda oʻz vaqtida yordam koʻrsatishi uchun har bir maktab kontekstida bu masalalarni koʻrsatishlarini soʻraydi.

Oʻqituvchilar va maktab direktorlari telegram messenjeri orqali “Ustoz ovozi” virtual inspektori yordamida shikoyatlarni yuborishda foydalanishlari va qurilish-taʼmirlash ishlarining kamchiliklari muammolari toʻgʻrisida, shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun maktablarni tayyorlash boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligini xabardor qilishlari mumkin, bu esa obyektiv manzarani yaratishga yordam beradi.

Xalq taʼlimi vazirligi mahalliy hokimliklarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, oʻquvchilarga yaxshi taʼlim olishlari va ularga qulay sharoitlarni yaratish uchun zarur choralarni koʻrishga chaqiradi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing