Maktablarda o’quvchilarni psixologik-pedagogik qo’llab-quvvatlash ishlari takomillashtiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O’quvchilarni psixologik-pedagogik qo’llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Moliya vazirligining umumiy o’rta ta`lim muassasalarida o’quvchilarni psixologik-pedagogik qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar umumiy o’rta ta`lim muassasalarida psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni ta`lim jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish;

ilg’or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashxis tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish;

psixologik yo’nalishdagi o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

turli yosh davrlarida o’quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta`lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning shaxsini shakllanishida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy og’ishlarning oldini olish;

psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini tubdan yaxshilash, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis, korrektsion-rivojlantiruvchi, psixoprofilaktika va psixologik maslahat ishlari samaradorligini oshirish;

pedagogik jamoalarda sog’lom psixologik muhitni yaratish
va qo’llab-quvvatlash, jamoa a`zolarining hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni korrektsiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;

ta`lim jarayoni barcha sub`yektlarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, o’quvchilar va pedagogik  jamoalarda, o’quvchilar oilalarida sog’lom psixologik muhitni saqlash bo’yicha choralar belgilash, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish, aniqlangan muammolarni hal etishda amaliy yordam ko’rsatish;

iste`dodli va iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o’rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun sharoit yaratish;

o’quvchilarning tug’ma layoqati, qiziqishlari, qobiliyati hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to’g’ri kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish;

o’quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy so’rovlar o’tkazish va psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning ta`lim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga samarali moslashuvini ta`minlash;

pedagog xodimlar, o’quvchilar hamda ota-onalarning
psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko’maklashish;

ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy ta`sirlarga moyilligi mavjud bolalar va o’smirlarni psixologik kuzatib borish, ularning
xulq-atvor motivlarini o’rganish, ta`lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmaslik holatlarini korrektsiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;

axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy ta`siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish;

o’quvchilarning ta`lim va tarbiyasi, o’quvchi-yoshlar xulqidagi moyilliklar, shaxsning oilaga va jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy muammolari bo’yicha psixolog va pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta`minlash.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing