Maktab bitiruvchilarini rag’batlantirish yanada takomillashtiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta ta`lim muassasalari bitiruvchilarini rag’batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori joylashtirildi.

Hujjat bilan O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining umumta`lim maktablari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, ixtisoslashtirilgan san`at va madaniyat maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga a`lo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun beriladigan oltin va kumush medallarni ta`sis etish to’g’risidagi taklifi ma`qullanishi mumkin.

Belgilab qo’yilishicha:

oltin medal umumiy o’rta ta`lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to’g’risidagi a`lo darajali shahodatnomasi mavjud bo’lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo’yicha oraliq, yakuniy nazoratlar bo’yicha hamda choraklik va yillik baholari a`lo bo’lgan, namunali xulq atvorli va jamoat ishlarida faollik ko’rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi;

kumush medal umumiy o’rta ta`lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to’g’risidagi a`lo darajali shahodatnomasi mavjud bo’lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo’yicha yillik baholari a`lo bo’lgan, namunali xulq-atvorli ega bo’lgan va jamoat ishlarida faollik ko’rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi.

Quyidagilar:

Umumiy o’rta ta`lim muassasalari bitiruvchilarini a`lo baholarga o’qiganligi, namunali xulq-atvori va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin
va kumush medal bilan taqdirlash tartibi to’g’risidagi nizom;

Umumiy o’rta ta`lim muassasalari bitiruvchilariga a`lo baholarga o’qiganligi, namunali xulq-atvori va jamoat ishlaridagi faolligi uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi tasdiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi:

umumiy o’rta ta`lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin
va kumush medallarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va ularni hisobdan chiqarish muvofiqlashtirilishini;

umumiy o’rta ta`lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar o’quvchilarga xolislik va odillik tamoyillariga amal qilgan holda topshirilishini ta`minlaydi.

“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining buyurtmasiga asosan har yili umumiy o’rta ta`lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarni tayyorlaydi.

«Kun.uz» dan olindi

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

4 thoughts on “Maktab bitiruvchilarini rag’batlantirish yanada takomillashtiriladi

Javob yozing