Xalq ta`limi vazirligi huzurida ikkita jamg’arma tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta`lim vazirligining “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi va Xalq ta`limini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori joylashtirildi.

Hujjat bilan O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi to’g’risidagi nizom;

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining Xalq ta`limini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risidagi nizom;

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining Xalq ta`limini rivojlantirish jamg’armasi tashkiliy tuzilmasi;

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining Xalq ta`limini rivojlantirish jamg’armasi Boshqaruv kengashi tarkibi;

Umumta`lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash (to’liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

Belgilab qo’yilishicha:

a) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasining barcha mol-mulki, shu jumladan, mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huzurida qayta tashkil etilayotgan byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasiga o’tkaziladi;

qayta tashkil etilayotgan Jamg’arma huquq va majburiyatlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasining huquqiy vorisi hisoblanadi;

b) 2019 yil 1 yanvardan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasining xalq ta`limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash
va jihozlash (to’liq jihozlash) ishlari bo’yicha majburiyatlari va ularni moliyalashtirishga yetarli mablag’lari (shu jumladan, 2019 yil 1 yanvar holatiga foydalanilmay qolgan qoldiq mablag’lari) O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining Xalq ta`limini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi to’g’risidagi nizomga ko’ra, quyidagilar Jamg’armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

umumiy o’rta va o’rta maxsus ta`lim muassasalarining kutubxona jamg’armalari uchun umumta`lim fanlari bo’yicha darsliklar va o’quv-metodik majmualar bilan ta`minlashga qaratilgan byudjyet va homiylik mablag’lari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag’lari, darsliklar va chet tillari bo’yicha mashq daftarlarning ijara to’lovlarini jamlash, ushbu mablag’lardan samarali foydalanishni tashkil etish;

umumiy o’rta va o’rta maxsus ta`lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya`ni birinchi sinf o’quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarining tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan oilalarning bolalari bo’lgan o’quvchilarni hamda o’qituvchilarni O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag’lari hisobidan bepul ta`minlash maqsadida umumiy o’rta ta`lim muassasalarining kutubxona jamg’armalari uchun umumta`lim fanlaridan darsliklar va o’quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;

umumiy o’rta va o’rta maxsus ta`lim muassasalari o’quvchilarini ijara tizimi asosida ta`minlash uchun umumiy o’rta ta`lim muassasalarining kutubxona jamg’armalariga umumta`lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo’yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;

ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim muassasalari hamda o’rta maxsus ta`lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida umumta`lim fanlaridan darsliklarni umumiy o’rta ta`lim muassasalarining kutubxona jamg’armalariga xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing