Ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy tizimni yanada yaxshilash taklif etildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida barcha ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy tizimni yanada yaxshilash haqida petitsiya paydo bo’ldi.

“Mentalitetimizga mos bo’lmagan, milliy qadriyatlarimizga zarar yetkazadigan g’oyaviy hamda mafkuraviy tahdidlarning oldini olish, yosh avlod ongida milliy ma`naviyatimiz, shonli tariximiz va ajdodlarimizga nisbatan faxrlanish tuyg’ularini yanada mustahkamlash maqsadida barcha ta`lim muassasalari uchun moslashtirilgan quyidagi darsliklarni ishlab chiqishni taklif qilaman:

1. Milliy tarix;
2. Milliy ma`naviyat;
3. Milliy madaniyat va ma`rifat;
4. Internetdan foydalanish madaniyati;
5. Etiket qoidalari degan uslubiy-amaliy darsliklar va ularning audio-video, elektron shakllari”, – deb yozadi murojaat muallifi.

Bu borada sifatli darsliklar tayyorlanishi, malakali mutaxassislar jalb etilishi zarur va bu yoshlarimizni barkamol qilib tarbiyalashda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarga har tomonlama muvofiq bo’ladi deyish mumkin, deyiladi petitsiyada.

Eslatib o’tamiz, avvalroq avtotransportdan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish taklif etilgandi. 

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing