Urganchda matematika fanidan xalqaro olimpiada o‘tkazilmoqda

Urganch shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida matematika fanidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi I xalqaro olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada dunyoning 20 mamlakatidan 234 talaba ishtirok etdi.

 

Olimpiada nizomiga ko‘ra ishtirokchilarga algebra, matematik tahlil, geometriya, kombinatorika yo‘nalishlariga oid beshta matematik masalalar va ularni yechish uchun besh soat vaqt berildi. Har bir masala yengil, o‘rta, og‘ir daraja asosida ball bilan baholanadi.

Sinovlarni matematika bo‘yicha jahonda taniqli xalqaro ekspertlar, O‘zbekiston va bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati kuzatib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nufuzli xalqaro olimpiadani tashkil etish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning sentabrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ilgari surilgan hamda sammit ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan edi.

Mazkur xalqaro olimpiada har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Xalqaro olimpiadada g‘olibliklikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik talabalarga matematika, fizika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha magistraturaga kvotadan tashqari davlat granti asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.

«Kun.uz» saytidan olindi

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing