Maktablar rahbar va pedagog xodimlari faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlanadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining “Umumta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan umumta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlanishi mumkin.

Hujjatga ko‘ra, umumta’lim muassasasining oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi borasida pedagog kadrlarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘rganiladi va belgilangan yuqori balga nisbatan foiz hisobida (proporsiya tuzish orqali) quyidagicha baholanadi:

KB=(KPKT*5)/100
KB – ko‘rsatkich balli;
KPKT – pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi.

Rahbar tomonidan xodimlarning samarali mehnat qilishlari va o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlarning yaratilganligi bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish hamda joyida o‘rganilib, so‘rovnomada qatnashganlarning necha foizi ijobiy fikr bildirishgan bo‘lsa, belgilangan yuqori ballga nisbatan foiz hisobida (proporsiya tuzish orqali) quyidagicha baholanadi:

KB=(KShShYa*5)/100
KB – ko‘rsatkich balli;
KShShYa – shart-sharoit yaratilganligi bo‘yicha ijobiy fikr bildirganlar ko‘rsatkichi.

Umumta’lim muassasasini boshqarishning ochiqligi, uni boshqarishda ta’lim oluvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilik fikri inobatga olinishida umumta’lim muassasasining:

rasmiy veb-sayti yaratilgan, undagi ma’lumotlar yangilanib turilgan bo‘lsa – 5 ball;
rasmiy veb-sayti yaratilgan, undagi ma’lumotlar yangilanmagan bo‘lsa – 2 ball;
rasmiy veb-sayti yaratilmagan bo‘lsa – 0 ball berish orqali baholanadi.

Umumta’lim muassasasida pedagog kadrlar, ta’lim oluvchilar va ota-onalar o‘rtasida sog‘lom muhit yaratilganligi bo‘yicha umumta’lim muassasasining kuzatuv kengashi:

tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati me’yoriy hujjatlarga mos ravishda olib borilayotgan bo‘lsa – 5 ball;
tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati me’yoriy hujjatlarga mos ravishda olib borilmayotgan bo‘lsa – 2 ball;
tashkil etilmagan bo‘lsa – 0 ball berish orqali baholanadi.

Rahbarning ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, rahbarlik qobiliyati, kasbiy va lavozim vazifalarida belgilangan vazifalar bo‘yicha bilimini aniqlashda onlayn usulda 30 ta test savollaridan iborat sinovlar tashkil etish va har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan berish orqali baholanadi.

Umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qayd etgan ko‘rsatkichlari. Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qayd etgan o‘rtacha ko‘rsatkichlarining belgilangan maksimal ballga nisbatan foizini hisoblab chiqarish orqali quyidagicha baholanadi:

KB=(KOTMKB*10)/100
KB – ko‘rsatkich balli;
KOTMKB – bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida qayd etgan o‘rtacha balli.

Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarining o‘quv fanlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘zlashtirish darajasi. Tashqi monitoring natijasida o‘quvchilarning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilangan maksimal ballga nisbatan quyidagicha aniqlanadi:

KB=(KO‘SK*10)/100
KB – ko‘rsatkich balli;
KO‘SK – umumta’lim muassasasi o‘quvchilarining o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichi.

Umumta’lim muassasasi reytingi ko‘rsatkichlari. Reyting ko‘rsatkichlari:

o‘tgan yildagi reyting ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘sgan bo‘lsa – 10 ball;
o‘tgan yildagi reyting ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarmagan bo‘lsa – 5 ball;
o‘tgan yildagi reyting ko‘rsatkichlariga nisbatan pasaygan bo‘lsa – 0 ball berish orqali baholanadi.

Umumta’lim muassasasida byudjyetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘ topishning yo‘lga qo‘yilganligi. Umumta’lim muassasasining yillik xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan mablag‘larning:

5-6 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ topilgan bo‘lsa – 10 ball;
3-4 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ topilgan bo‘lsa – 8 ball;
1-2 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ topilgan bo‘lsa – 6 ball;
qo‘shimcha mablag‘ topilmagan bo‘lsa – 0 ball berish orqali baholanadi.

Umumta’lim muassasasida direktor jamg‘armasi va byudjyet mablag‘laridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra:

samarali foydalanilgan bo‘lsa – 10 ball;
samarali foydalanilmagan bo‘lsa – 0 ball berish orqali baholanadi.

O‘quv yili davomida ochiq (noan’anaviy) darslar o‘tganligi. Pedagog xodim tomonidan:

to‘rt marta ochiq dars o‘tilgan bo‘lsa – 5 ball;
uch marta ochiq dars o‘tilgan bo‘lsa -3 ball;
ikki marta ochiq dars o‘tilgan bo‘lsa – 2 ball;
bir marta ochiq dars o‘tilgan bo‘lsa – 1 ball;
ochiq dars o‘tilmagan bo‘lsa – 0 ball berish orqali baholanadi.

O‘quv yili davomida dars mashg‘ulotlari tahlil qilinganligi. Pedagog xodim tomonidan:

34 soat va undan ortiq dars mashg‘uloti tahlil qilinganda – 5 ball;
22-30 soat dars mashg‘uloti tahlil qilinganda – 3 ball;
12-20 soat dars mashg‘uloti tahlil qilinganda – 2 ball;
dars mashg‘uloti tahlil qilinmaganda – 0 ball berish orqali baholanadi.

Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llaganligi va multimedia vositalaridan samarali foydalanganligi. Dars mashg‘uloti jarayonida:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalansa – 5 ball;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanmasa – 0 ball.

O‘qitishning innovatsion usullari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganligi. Dars jarayonida:

zamonaviy ta’lim texnologiyalari va o‘quvchilar bilimlarini baholashning ilg‘or usullarini qo‘llasa – 5 ball;
zamonaviy ta’lim texnologiyalari va talabalar bilimlarini baholashning ilg‘or usullarini qo‘llamasa – 0 ball.

«Kun.uz»saytidan olindi

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing