2019 yil 1 martdan davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibi o‘zgaradi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta’limi vazirligining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015 yil 2 iyundagi 13-mh-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘quvchilarni cinfdan cinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

O‘quvchilarni cinfdan cinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

1. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldiriladi:

“5-1. 2019 yil 1 martdan boshlab davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.”.

2. 14-banddagi “va yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.

3. 28-bandning yettinchi xatboshidan “yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi  va Davlat test markazi bilan kelishilgan.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing