16 yoshgacha boʻlgan bolalar shaxmat Olimpiadasi gʻolibiga aylandi

 

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildilar.

Hamyurtlarimiz 9 turda 8 gʻalabaga erishdilar. Jumladan, terma jamoamiz Vengriya (4:0), Polsha (3:1), Moldova (3,5:0,5), Rossiya (3:1), Hindiston (3:1), Ukraina (3,5:0,5), Eron (2,5:0,5), Xitoy (2,5:0,5) jamoalari ustidan gʻalaba qozondilar va AQSH (1,5:2,5) jamoasiga magʻlub boʻldilar.

Qayd etish lozimki, Oʻzbekiston terma jamoasi avval bunday natija koʻrsatmagan. Butunjahon shaxmat olimpiadasining mazkur oltin medali oʻzbek shaxmati tarixida dastlabkisidir.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing