Olis hududlarda ishlovchi o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ustamalar belgilanadi

  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun ustamalar belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
  • Hujjat bilan respublikaning olis tog‘li va chekka hududlarida joylashgan umumta’lim maktablari ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.
  • Olis tog‘li va chekka hududlarda joylashgan umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun Davlat byudjyeti hisobidan ustamalar berilishi quyidagi tartibda belgilanadi:
  • mehnat stajiga ega bo‘lmagan yosh mutaxassislar – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 25 foizi;
  • mehnat staji 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan o‘qituvchilar – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 50 foizi;
  • mehnat staji 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan o‘qituvchilar – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 75 foizi;
  • mehnat staji 5 yildan ortiq bo‘lgan o‘qituvchilar – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 100 foizi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi olis tog‘li va chekka hududlarda joylashgan umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun ustamalar berilishini doimiy nazoratga olinadi.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
  • olis tog‘li va chekka hududlarda joylashgan umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun ustamalar berilishini qat’iy nazoratga olish;
  • joylarda oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni chekka hududlarda joylashgan, pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan maktablarga jalb etish, yosh mutaxassislarga ish va yashash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ta’lim sifatini yaxshilash vazifalari yuklatiladi.
  • Respublikaning olis tog‘li va chekka hududlarida joylashgan umumta’lim maktablari ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.
print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing