«O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi ham bor.

Dasturga ko‘ra, “O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ–3931-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturining 1-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

o‘qituvchi maqomi, pedagogik faoliyatining prinsiplarini aniqlashtirish;

o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmati kafolatlari, shu jumladan o‘qituvchilarni ularning professional faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilishni, shu jumladan aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish orqali taqiqlash;

ijtimoiy ta’minot va individual pedagogik faoliyat huquqini belgilash;

o‘z professional huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida o‘qituvchilarni uyushma (ittifoq) va boshqa tashkilotlarga birlashish huquqini belgilash.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar – Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi.

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati – 2019 yil yanvar, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati – 2019 yil fevral.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing