Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi jamoat kengashi nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Nizomga ko‘ra, Jamoat kengashining asosiy maqsadlari:

jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila, ota-onalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish;

farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

o‘quvchi va yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan tartibbuzarlik, zo‘ravonlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, daydichilik va tilanchilik, diniy aqidaparastlik, missionerlik va “ommaviy madaniyat” kabi ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarining oldini olishda manfaatdor vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda tashkiliy-pedagogik ishlarni tashkil etish.

Shu bilan birga maktab jamoat kengashining asosiy vazifalaridan o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlashdan iborat.

Jamoat kengashining vazifalari:

oila, umumta’lim maktablari va mahalla hamkorligining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash;

ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish;

ta’lim muassasalaridagi tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;

o‘quvchi – yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, kelajakka ishonch va intilish, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu g‘oyalar va fazilatlarni singdirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash orqali zararli odatlar yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;

o‘quvchi – yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, mahalla va jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarning ilk va asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish;

o‘quvchi – yoshlarga nisbatan “Hech kim, hech qachon e’tibordan chetda qolgan emas” tamoyilini joriy etish va faoliyat davomida bu masalaga doimiy ahamiyat qaratish;

qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

ta’lim muassasasida ayrim o‘quvchilarni kamsitish, ularga zo‘ravonlik qilish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar tayyorlanishida ishtirok etish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;

o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari uchun ta’lim-tarbiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda turli sotsiologik so‘rovnomalar, amaliy treninglar, master-klasslar o‘tkazish, psixologik maslahatlar tashkil etish;

hududiy jamoat kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish.

Shu bilan birga maktab jamoat kengashi quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

o‘quvchi – yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash;

ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq bepul darsliklar bilan ta’minlash;

ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini homiylar mablag‘larini jalb etgan holda o‘quv qurollari bilan ta’minlash;

ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq qishki bosh-kiyim ajratish bo‘yicha buyurtmani shakllantirish;

zaruratdan kelib chiqib, ota-onalarga farzandlarining ta’lim-tarbiya olishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishlariga ko‘maklashish maqsadida ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish idoralariga taklif kiritish.

Jamoat kengashining huquq va vakolatlari:

faoliyati doirasida davlat va nodavlat tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni talab etish va taklif berish;

mahalla, ta’lim muassasalari va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va yig‘ilishlarda ishtirok etish;

jamoat kengashi faoliyati doirasida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda konferensiya, o‘quv-seminar va davra suhbatlari tashkil etish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va maktab jamoat kengashlari faoliyatini o‘rganish, hamkorlik ishlarini kuchaytirish yuzasidan takliflar berish;

ta’lim-tarbiya jarayonida erishgan yutuqlaridan kelib chiqib, o‘quvchilar, ota-onalar va sinf rahbarlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha maktab, mahalla va tashkilotlar boshqaruviga tavsiyalar kiritish;

o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ishtirok etish;

jamoat kengashi faoliyatini obro‘si haqida g‘amxo‘rlik qilish, uning maqsad va vazifalarini, shuningdek amalga oshirgan ishlarini targ‘ib qilish;

ta’lim muassasasida ayrim o‘quvchilarni kamsitish yoki zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va tahlil qilish ishlarida faol ishtirok etish, aniqlangan holatlar yuzasidan ichki ishlar organlarini xabardor qilish;

o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing