Zamon bilan hamnafas yurish – bu davr talabidir!

“Bugun ta’lim tizimida hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarning barchasi tub mazmun-mohiyati bilan yoshlarimizning yurt ravnaqi uchun fidoiy, jonkuyar, izlanuvchan bo‘lib yetishmog‘iga qaratilgan. Buning uchun birinchi navbatda yoshlarimiz-farzandlarimiz manfaatini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatni bugungi kun talablari nuqtai nazardan davom ettirmoq kerak. Toki bu sa’y-harakatlar milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalanayotgan, mustaqilligimizni mustahkamlashga bel bog‘lagan farzandlarimizning porloq kelajagi uchun poydevor bo‘lib xizmat qilsin…”degan purma’no fikrlar bilan yoritilgan, Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan 5-7-sinflar uchun “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusidagi dars ishlanmasida.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 17 noyabrdagi 01-75-sonli xati bo‘yicha 2019 yilning yanvar-may oylarida tumanimiz tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida, yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, joriy yilning 14-16 yanvar kunlari umumta’lim maktablarining 5-7-sinflarda “Yo‘l xaritasi”da belgilangan mavzular bo‘yicha “Vatan ostonadan boshlanadi”, 17-18 yanvar kunlari 8-9-sinflarda “Oliyjanoblik-oliy qadriyat”, 19 yanvar kuni 10-11-sinf  o‘quvchilari bilan “Oila-muqaddas qo‘rg‘on” hamda “Kim bo‘lmoqchiman” mavzularida ochiq darslar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarga 22353 nafar(100%) 5-11-sinf o‘quvchilari qamrab olindi.

Zero yurtboshimiz yoshlarimizning jamiyatdagi o‘rni haqida so‘z yuritar ekan, bejiz “… farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz, kelajagimiz, ular bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir!”- deb bejizga aytmadilar. Zamon bilan hamnafas yurish-bu davr talabidir!

Yuqori Chirchiq tumani

XTBning ma’naviy-ma’rifiy

 ishlar boyicha shoba rahbari

Dilbar Axmedjanova

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing