«Imkoniyatlar yoshlar qo’lida»

Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilganligiga hammamiz kundan-kun guvoh bo’lib kelmoqdamiz. O’gil qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratish borasida ko’plab samarali ishlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Yoshlarning erkin tarzda fikr yuritishi ma’naviy immunitetni oshirishi hamda bilim salohiyatini jahon darajasiga olib chiqish maqsadida izchil qarorlar hayotga tadbiq etilmoqda.

             O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24- oktabr 2017- yildagi 868- qarori ham ta’lim tarbiyaga berilgan eng yuksak e’tiborlardan biridir. Unga ko’ra Umumiy O’rta Ta’lim muassasalarining 10-11 sinf o’quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb- hunar o’rgatish, o’quvchilarni qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limini davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish o’quv ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash eng oily maqsaddir. Tumanimizdagi tashkil etilgan o’quv ishlab chiqarish majmualariga jalb etilgan 10-11 sinf o’quvchilari ham o’z qiziqishlari bilan tanlagan yo’nalishlar bo’yicha tahsil olib kelmoqda. O’ylaymizki ularga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib o’z kasbini ustalari bo’lib yetishib chiqishlari va yurtimiz taraqqiyotiga o’z xissalarini qo’shadilar.

 

O’I.CH.M sho’ba rahbari :                           F. Qo’chqorxo’jayeva

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing