O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjat  bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015 yil 2 iyundagi 13-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, 14-banddan «va yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma» degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

26-banddagi «xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga» degan so‘zlar «tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

28-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing