“Kitob-bizning do’stimiz”

 

Hozirgi kunda yosh avlodni har tomonlama komil shaxs qilib tarbiyalash dolzarb muammo bo’lib qolmoqda.

        24-yanvar kuni maktabimiz Boshlang’ich sinf metod birlashma o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan seminarda ham yosh avlodni komil shaxs qilib tarbiyalash, ularda kitob o’qish madaniyatini shakillantirish muammolari yuzasidan fikr almashinildi.

        Seminarda tumanimizdagi №36, 17, 33, 30, 8, 12, 20 va boshqa  maktablardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari ishtirok etdilar va ular Xudaybergenova M., Bijanova R., Hasanova M., Ilesbayeva G., Gubeeva D., Shodmonova G., Isakova Sh., Axmetova L. kabi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining darslarini kuzatdilar.

        Darslarda o’qituvchilarning interaktiv usullarni qo’llagan holda, faol pedagogik texnologiyalar asosida, didaktik o’yinlar va turli xil metodlardan foydalangan holda darslarni tashkil qilishgani darsni kuzatgan o’qituvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

        Seminar davomida barcha boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan “Kitob bizning do’stimiz” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan turli xil she’r va qo’shiqlar ijro etildi, so’z mulkining sultoni A. Navoiy hamda qozoq adabiyotining yetuk nomoyondasi Abayning hayoti va ijodiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

        Tadbir davomida maktabimiz O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G. Suleymenova so’zga chiqib, “Men maktabimiz boshlang’ich sinf metod birlashma faoliyatini namunali deb baholayman va bundan keyin ham metod birlashma o’qituvchilari nafaqat maktabimiz, balki boshqa maktab o’qituvchilariga ham o’rnak bo’la oladigan tarzda faoliyat olib  borishlariga ishonaman“ deb ta’kidlab o’tdi.

        Seminar so’ngida tashrif buyurgan o’qituvchilar darslarning  samarali tashkil qilinganligini, o’quvchilarning odobi, bilimi yuqori darajada ekanligini ta’kidlab, o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar va bundan keyingi faoliyatlarida maktabimiz o’qituvchilari bilan o’zaro fikr almashib, “Ustoz-shogird” tizimida ishlab, o’z bilimlarini, kasbiy ko’nikmalarini oshirish niyatida ekanliklarini aytishdi.

        Bunday seminar va tadbirlarning tashkil qilinishi boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitob o’qishga, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqni yanada kuchaytirib,  vatanga muhabbat hissini shakillanishiga sabab bo’ladi, deb o’ylayman.

        Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Yosh avlodni har tomonlama yetuk, komil shaxs qilib tarbiyalashda ularning ongida  kitob o’qishga muhabbatni paydo qilish-oldimizda turgan eng muhum vazifadir”.

 

15-umumiy o’rta ta’lim maktabi,

Boshlang’ich sinf metod birlashma raxbari

Xudaybergenova M.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing