Oltin va kumush medallar iqtidorli bitiruvchilarga oliy oʻquv yurtiga kirishida imtiyoz taqdim etmaydi

Xalq taʼlimi vazirligi 22 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 154-sonli qarori asosida “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlanganligi haqida xabar bergan edi.

Mazkur xabarni, taʼlimga ixtisoslashgan baʼzi Telegram-kanallarida notoʻgʻri talqin etilayotgani, yaʼni oltin medal olgan maktab bitiruvchisiga kirish imtihonlarida toʻplagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medal olgan maktab bitiruvchisiga esa 30 foiz ball qoʻshib berilishiga oid notoʻgʻri maʼlumotlar chop etilayotganini maʼlum qilamiz.

Yuqorida keltirib oʻtilgan Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan oʻquvchilarga imtiyozlar berilishi koʻzda tutilmagan. Shu oʻrinda taʼkidlashimiz joizki, oltin va kumush medallar aʼlo baholarda oʻqigan oʻquvchilarga berilishini inobatga olsak, kirish imtihonlarida imtiyozli ballar berilmasada, oʻz bilimlarini koʻrsata olishlari lozim. Qolaversa, Xalq taʼlimi vazirligi oliy oʻquv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori.

Bundan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarni taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarni oldini olish va iqtidorli oʻquvchilar bilimini ragʻbatlantirishdan iboratdir.

Xalq taʼlimi vazirligi taʼlimga ixtisoslashgan baʼzi Telegram-kanallarni tizimga oid asoslanmagan va yolgʻon maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqiradi.
Shuningdek, xalq taʼlimi tizimiga oid asoslangan axborotlarni vazirlikning www.uzedu.uz sayti, telegramdagi rasmiy kanali (@uzedu) va feysbukdagi sahifasi (@uzedu) orqali olishingiz mumkin.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing