Navro’z tabrigi

Yuqori Chirchiq tumani Xalq ta’limi bo’limi mudiri A. Mamadaliyevning navro’z tabrigi

Aziz do‘stlar, qadrli hamkasblar!

Avvalo, barchangizni uyg‘onish va yasharish, poklanish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam munosabati bilan chin qalbimdan qutlayman va muborakbod etaman. Ona yurtimizga fasllar kelinchagi bahor tashrif buyurdi. Butun tabiat go‘zallikka burkanmoqda. Atrof-muhitning betakror tarovatidan ko‘zingiz quvnaydi. Nafosat fasli odamlar qalbida ham sof va huzurbaxsh tuyg‘ularni uyg‘otib, yashash va yaratishga ruhlantirmoqda.

Xalqimizda «Tinch yurtga bayramlar, to‘ylar yarashadi» degan teran mazmun-mohiyatga ega hikmatli ibora bor. Yaratganga beadad shukronalar bo‘lsinki, muhtaram Yurtboshimizning dono siyosati tufayli xalqimiz tinch, osoyishta, farovon hayot kechirmoqda. Orzu niyatlariga yetishish uchun yurt istiqboli yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Farzand va nevaralarini tarbiyalab kamolini ko‘rmoqda. Inson uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak! Maftunkor bahor fasli ajoyib bayramlari bilan ham ajralib turadi. Ayniqsa, sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy udumimiz–Navro‘zi olam o‘ziga xos beqiyos jihatlariga ega. Navro‘z tinchlik, totuvlik, bag‘rikenglik, qut-baraka timsoli, mehr-muhabbat ayyomidir. Asl milliy bayramimizda xalqimizning qadimiy urf odatlari, an’analari, umrboqiy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorida ta’kidlanganidek, necha ming yillar davomida azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etib, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan Navro‘zning istiqlol yillaridagi o‘rni va mohiyati oshib bormoqda. Xalqimiz uchun tabiat uyg‘onishi, sharqona yangi yilning boshlanishi, asl milliy, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘z ayyomini yurtimizning barcha hudud va mintaqalarida har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash ezgu, bir so‘z bilan aytganda, tabiiy an’anaga aylanib qoldi. Umumxalq bayrami tarixining uch ming yilliklar bilan bog‘lanishi Sharq xalqlari dunyo tamaddunida katta o‘rin va mavqega ega ekanligidan nishona sifatida har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Aziz hamkasblar! Sizlarni yana bir bor Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan qutlayman. Barchalaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, farovonlik tilayman. Bahor bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli do‘stlar!

Image result for navro'z tabriklari

print

image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing