Bu yilgi «Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi» tanlovining avvalgilaridan 10 ta farqi

Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi – 2019” respublika tanloviga start berildi.

Taʼkidlash joizki, joriy yildan tanlovning shaffofligini taʼminlash hamda keng ommani jarayonga jalb etish maqsadida tanlov nizomiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan:

1.Bu yilgi tanlovda oliy maʼlumotli, kamida 3 (uch) yillik pedagogik stajiga hamda ikkinchi va undan yuqori malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar ixtiyoriy ravishda qatnashadi.

2.Ishtirokchilar joriy yilning 18 martidan 5 apreliga qadar Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida tashkil etilgan sahifada onlayn roʻyxatdan oʻtadi.

3.Hujjatlar soni 10 tadan 5 taga qisqartirildi va barchasi elektron shaklga oʻtkazildi.

4.Tanlov shartlari 5 tadan 3 taga qisqartirildi.

5.Tanlovni adolatli oʻtkazish uchun hakamlar hayʼati tarkibiga barcha hududlardan teng miqdorda vakil olinadi.

6.Ishtirokchilar taʼlim sifatini oshirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari toʻgʻrisida loyiha taqdimotlari tayyorlaydi.

7.Tanlovning Respublika bosqichi ishtirokchilari oʻzlarining “Loyiha taqdimotlari”ni ijtimoiy tarmoqlar (Facebook) orqali eʼlon qiladi va jamoatchilik tomonidan baholanadi.

8.Har bir test savoli uchun aniq fanlardan 3 (uch) daqiqa, ijtimoiy va filologiya fanlaridan2 (ikki) daqiqadan vaqt beriladi. Test materiallariga PISA, TIMSS xalqaro baholash talablari singdiriladi.

9.Ishtirokchilarning ballari teng boʻlib qolgan taqdirda, tegishli fan boʻyicha qoʻshimcha 10 tadan test savollari berish orqali gʻolib aniqlanadi. Gʻolib aniqlanguniga qadar test jarayoni takroriy davom ettiriladi.

10.Tanlovning respublika bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan gʻoliblar mos ravishda eng kam ish haqining 15, 12, 8 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi oʻqituvchilar http://bit.ly/teacher-of-year havolasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Hurmatli pedagoglar! Tanlovda ishtirok eting va eng yaxshi oʻqituvchi ekanligingizni iqtidoringiz hamda mahoratingiz orqali namoyon qiling.

Shoshiling! Tanlovda roʻyxatdan oʻtish vaqti chegaralangan!

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing