XTV xalqaro matematika musobaqasiga tanlov eʼlon qiladi

Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan 2014 yildan boshlab umutaʼlim maktablarining 7-sinf oʻquvchilari xalqaro matematika musobaqasida ishtirok eta boshladi. Mazkur musobaqalar davomida 4 nafar oʻquvchidan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi shakllantiriladi. Sinovlar natijasiga koʻra tanlab olingan 4 nafar gʻoliblar har yili yurtimiz shaʼnini himoya qilib, 30 dan ortiq mamlakatning 600 dan ziyod ishtirokchilari ichida gʻoliblar shohsupasidan joy olib kelmoqda.

Bu yilgi musobaqa joriy yilning 1-6 avgust kunlari Janubiy Afrika davlatining Durban shahrida (IMC-2019) boʻlib oʻtishi va unda Oʻzbekiston terma jamoasining ishtirok etishi rejalashtirildi. Shu munosabat bilan amaldagi “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha Respublika olimpiadalarini oʻtkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq, 2019 yilning 10 aprel kuni barcha hududlarda xalqaro olimpiadaning hududiy 1-saralash bosqichi oʻtkazilishi belgilandi.

Olimpiadaning saralash bosqichi 2002 yil 1 avgustdan keyin tugʻilgan 9-10-sinf hamda 2005 yil 1 avgustdan keyin tugʻilgan 7-8-sinf oʻquvchilar orasida oʻtkaziladi.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilar taʼlim olayotgan maktabining rahbari orqali tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga murojaat etishilari tavsiya etiladi.

Eʼtiborli tomoni shundaki, bu yilgi xalqaro matematika musobaqasida barcha iqtidorli bolalar uchun oʻz bilimlarini sinash imkoniyati yaratiladi.

Ayni vaqtda hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarida xalqaro olimpiadaning saralash bosqichini oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari qizgʻin davom etmoqda. Xalqaro matematika musobaqasining saralash bosqichiga nazorat materiallari xalqaro ekspertlar tomonidan tayyorlanib joylarga yetkaziladi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing