Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning:

a) 36-1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinishi mumkin:

“36-1. Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi, ikkinchi malaka toifali hamda ushbu malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.”

b) 36-1-bandning ikkinchi xat boshi chiqarib tashlanadi.

v) 38-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:

“Pedagog kadrlarga umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida mazkur malaka toifasiga talabgorlarga malaka toifasini berishda to‘lanadigan yig‘imlardan tushadigan mablag‘ning 100 foizi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.”.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing