Endi maktablarda yana bir direktor o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Umumta’lim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kunga qadar ta’lim muassasalarining namunaviy shtatlar jadvali Xalq ta’limi vazirligining 2012 yil 26 apreldagi 141-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, ammo o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmagan. Mazkur qaror loyihasi esa ta’lim muassasalarining amaldagi namunaviy shtatlar jadvallarida yuzaga kelayotgan muammolar bartaraf etilib, shaffof mexanizm asosida zamon talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

Mazkur qaror loyihasiga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida 10-11-sinfni joriy etilishi munosabati bilan kiritilgan Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida o‘zgartirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, davlat rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida ta’lim muassasalarining yangi tahrirdagi namunaviy shtatlar jadvaliga 1,0 shtat birlik ommaviy tadbirlar tashkilotchisi lavozimi ham kiritilmoqda.

Bugungi kunda hukumat tomonidan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat rivojiga hissa qo‘shgan alloma, yozuvchi hamda shoirlar xotirasini abadiylashtirish hamda yoshlarni ularning hayot yo‘li bilan tanishtirish maqsadida ta’lim muassasalarida muzeylar tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda tashkil etilgan muzeylar faoliyatini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ularning namunaviy shtatlar jadvaliga 1,0 birlik muzey kuzatuvchisi lavozimini kiritish taklif etilgan.

Ahamiyatlisi, ta’lim muassasalarida psixolog lavozimlarining amaldagi me’yorlari sinflar sonidan kelib chiqib kiritilgan bo‘lsa, yangi tahrirdagi namunaviy shtatlar jadvallarida o‘quvchilar soniga ko‘ra umumta’lim muassasalarida 3,0 shtat birlikkacha va tarbiyalanuvchilar soniga ko‘ra “Mehribonlik” uylarida 2,0 shtat birlikkacha psixolog lavozimi kiritilmoqda.

Shuningdek, “Mehribonlik” uylarining amaldagi namunaviy shtatlar jadvalida ko‘zda tutilmagan shtatlar, ishlab chiqilgan qaror loyihasi asosida tarbiyalanuvchilarning sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq xavfsiz ovqatlantirilishini ta’minlash maqsadida 1,0 shtat birlik diyetolog lavozimi, qolaversa, ularning sog‘lom va barkamol avlod qilib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini sermazmun tashkil etish maqsadida 1,0 shtat birlik trener-yo‘riqchi lavozimi ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ta’lim muassasalari uchun amalda qo‘llanilayotgan (3 shtat birlik) qorovul lavozimi har bir bino uchun 4,0 shtat birlikdan kiritilmoqda. Qolaversa, muassasalarning texnik ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, supuriladigan hududga kiradigan maydon turlari (asfalt, beton, bruschatka va sport maydonlari) aniq ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, binolarning ichki tozalanadigan qismlari xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zal hamda o‘quv sinflarga ajratish orqali ularga belgilangan amaldagi farrosh lavozimining shtat birliklari saqlab qolinmoqda.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing