Xalq ta’lim vazirligi tomonidan 5 ta tashabbus bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov, festival va sport musobaqalari belgilandi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ilgari surgan 5 ta tashabbus ijrosini ta’minlash buyicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida turli ko‘rik-tanlov, festivallar o‘tkazilishi rejalashtirildi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi xabar qiladi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha “Ijodkor bolalar” festivali hamda “Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilandi.

Ikkinchi tashabbus respublika miqyosida tashkil etiladigan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida sportning shaxmat turi hamda “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida o‘tkaziladigan chempionatlarni, shuningdek, “Quvnoq startlar” sport musobaqalarini o‘z ichiga oladi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida sportning yengil atletika, shaxmat va quvnoq estafetalar bo‘yicha ikki bosqichli sport musobaqasi o‘tkaziladi.

Uchinchi tashabbus doirasida “Yilning eng yaxshi dasturchisi” va “Kashfiyotchi bolalar” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi.

To‘rtinchi tashabbus asosida “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusida insholar ko‘rik-tanlovi, “Yosh kitobxonlar”, “Yilning eng iste’dodli yosh shoiri”, “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi”, “Yil hikoyasi” respublika tanlovi tashkil etiladi.

Shuningdek, 5 ta tashabbus ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari doirasida bolalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalari namoyishini tashkil etish ham belgilangan.

O‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalarining Nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing