Maktablarda yakuniy nazorat imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida “2018-2019 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, anjumanda Xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohot, yangilik hamda o‘quv yili natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Qayd etilishicha, 2018-2019 o‘quv yili davomida jami 9691 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 5,8 mln. nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Joriy yilda maktablarning 9- (467 622 nafar o‘quvchi) va 11-sinflarini (279 788 nafar o‘quvchi) jami 747 410 nafar o‘quvchilar bitiradilar.

26 maydan 15 iyun kuniga qadar maktablarda bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladi.

Mavzuga oid

Jizzax viloyati prokuraturasi Dashtoboddagi maktab haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» faqatgina 1- va 11-sinflar ishtirokida 1 soat davomida o‘tkaziladi

Zomindagi 50 yilcha avval bunyod etilgan 50-maktab tobora to‘kilib bormoqda: mas’ullar sukutda

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing