Oʻquvchilarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlashda kompyuterlashtirilgan baholash tizimi joriy etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi “Umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining ingliz tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha barqaror kompyuterlashtirilgan baholash tizimini joriy etish loyihasi”ni amalga oshirmoqda.

Oʻquvchilarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha kompyuterlashtirilgan baholash tizimini joriy etishga qaratilgan mazkur loyiha Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi hamkorligida hamda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Jahon banki va USAID tashkiloti moliyaviy koʻmagida amalga oshirilmoqda.

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi ushbu loyihaning asosiy ijrochisidir.

Loyiha taʼlim jarayonining har bir bosqichida oʻquvchilarning ingliz tilini bilish darajasini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib:

– xalq taʼlimi muassasalari oʻquv jarayonida yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;

– rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda oʻquvchilarning ingliz tilini oʻzlashtirish darajasini kuzatib borish va imtihon jarayoni uchun kompyuterlashtirilgan test tizimini yaratish va joriy etish;

– chet tillarini oʻrganish uchun bosqichma-bosqich milliy standartlarni yaratish: A1, A2 va B1 darajalariga mos standart va talablarni takomillashtirish;

– oʻquv jarayonining sifat va mazmunini monitoring hamda tahlil qilib borish uchun elektron maʼlumotlar bazasini yaratish, umuman olganda, xalq taʼlimi muassasalarida oʻquvchilarning tahsili davomida taʼlim mazmunini puxta egallab borishlarini nazorat qilish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Ushbu xayrli loyihaning amalga oshirilishi taʼlim mazmuni va oʻquv jarayonini modernizatsiya qilish, uni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga bosqichma-bosqich uzatish, xalqaro dasturlar va ilmiy tadqiqotlar (PISA.) asosida umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning bilim darajasi monitoringini oʻtkazish yoʻli bilan sifat va samaradorlikni taʼminlashga imkon yaratadi.

Loyihani xalqaro tajriba asosida amalga oshirish maqsadida AQSHlik Professor Devid L.Kiyessa jalb etildi. Kiyessa baholash mezonining oʻquvchilar psixologiyasiga taʼsiri nihoyatda muhimligini quyidagicha taʼkidlaydi:

-Bilimni baholashga qaratilgan bunday testlarni toʻgʻri joriy etish oʻquvchilarning fanni oʻzlashtirishga boʻlgan qiziqishini oshiradi”, – deydi u.

Loyiha konsepsiyasiga koʻra, tizimda fundamental oʻzgarishlarni amalga oshirish, yangi baholash mezonlarini joriy etish, taʼlim jarayonini avtomatlashtirish, hujjat ishini keskin kamaytirish, bir soʻz bilan aytganda, taʼlim mazmuni va sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing