O‘zbekistonliklar iyun oyida necha kun dam olishadi?

2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Prezident Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgan edi.

Mazkur farmon asosida iyun oyida ham ko‘chirilgan dam olish kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida ushbu masala yuzasidan qisqacha sharh berib o‘tiladi.

Eng avvalo, haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta’sir qilishini unutmaslik kerak. Ya’ni, 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar iyun oyida 11 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa iyunda 6 kun dam olishadi.

Kelayotgan shanba kuni barcha uchun ish kuni bo‘ladi

Xususan, 1 iyun – shanba kuni, O‘zbekistondagi barcha xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi. O‘zi shanba kuni haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar shundoq ham ishga chiqar edi. Lekin 5 kunliklar dam olishardi.

Ammo 12.11.2018 yildagi Prezident farmoni asosida 1 iyundagi dam olish kuni 6 iyunga ko‘chirilgan.

Buning natijasida haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun:

1 iyun, shanba – ish kuni;

6 iyun, payshanba – dam olish kuni bo‘ladi.

Ramazon Hayiti arafasidagi dam olish kunlari

Joriy yilning 30 may kuni «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.

Bundan xulosa qilish mumkinki, haftasiga 5️ kun ishlovchi xodimlar 5 va 6 iyun kunlari ketma-ket ikki kun dam olishadi. 7 iyun, juma kuni odatdagiday ish kuni bo‘lsa, 8 va 9 iyun kunlari (shanba-yakshanba) esa odatdagiday dam olish kuni bo‘ladi.

Yana bir bor ta’kidlash joiz, bu faqat haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga taalluqli. Shanba rasman ish kuni bo‘lgan (6 kunlik ish haftasi) xodimlar hafta o‘rtasida faqat Ramazon hayiti kuni (5 iyun) dam olishadi, 6 iyun kuni esa ular uchun ish kuni bo‘ladi.

Xushnudbek Xudayberdiyev, huquqshunos

Kun.uz dan olindi

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing