Ramazon hayiti 5 iyun kuni nishonlanadi

Картинки по запросу ramazon hayiti 2019

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga ko‘chirilgan edi.

Shunga ko‘ra, 2019 yil 5 va 6 iyun kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing