Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilandi

O‘zbekistonda Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda ustama belgilandi:

• maktabda ishlagan davri 6 oydan 3 yilgacha – 10 foiz;
• 3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
• 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
• 10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz;
• 15 yildan ortiq – 50 foiz.

Quyidagi jadvallarda ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxati keltirilgan:

Adliya vazirligi izohida aytilishicha, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

print

image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing