O‘zbekistondagi 2700 dan ziyod maktab zamonaviy kompyuter bilan ta’minlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning umumta’lim maktablarida 2859 ta o‘quv-kompyuter sinflari tashkil etilishi belgilandi, deb yozadiXalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 7 iyun kuni xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi prezidenti Yu Yeng Park O‘zbekistonda o‘quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzoladi.

KT kompaniyasi “Maktab ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘ldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan 33 mln dollar kredit hisobiga moliyalashtiriladi.

Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o‘quv-kompyuter yetkazib, o‘rnatib beradi.

2019 yil oxiriga qadar o‘quv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktabga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi o‘quv dasturi, jumladan, axborot texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha dasturlarni qayta ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing