Olis hududlarda joylashgan maktablar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi

Prezidentning 2019 yil 17 iyundagi 4359-sonli qarori asosida 2019/2020 o‘quv yilida respublika OTM bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul doirasida xalq ta’lim sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, bunda respublikaning 9 ta hududidagi 48 ta tuman (shahar)ning olis, chekka va tog‘li hududlarida joylashgan maktablarni oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan maqsadli qabul uchun jami 815 ta o‘rin ajratiladi.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 61 ta
To‘rtko‘l, Taxtako‘pir, Mo‘ynoq, Ellikqal’a tumanlari uchun

2. Buxoro viloyati – 53 ta
Romitan, Peshku, G‘ijduvon, Shofirkon tumanlari uchun

3. Jizzax viloyati – 94 ta
Forish, Baxmal, Zomin, Yangiobod, G‘allaorol tumanlari uchun

4. Qashqadaryo viloyati – 140 ta
Kitob, Dehqonobod, Chiroqchi, Muborak, Mirishkor, Yakkabog‘, Qamashi, Shahrisabz tumanlari uchun

5. Navoiy viloyati – 9 ta
Nurota tumani, Zarafshon shahri uchun

6. Samarqand viloyati – 182 ta
Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Urgut, Ishtixon, Past Darg‘om, Payariq, Paxtachi, Narpay tumanlari uchun

7. Surxondaryo viloyati – 155 ta
Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Sherobod, Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari uchun

8.  Toshkent viloyati – 86 ta
Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Ohangaron, Chinoz tumanlari uchun

9. Farg‘ona viloyati – 35 ta
Rishton, Farg‘ona, So‘x tumanlari uchun.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing