O‘zbekistonda maktab direktorlari yagona maktab formasi savdosini tashkil etishi taqiqlanadi

Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari orqali yagona maktab formasi savdosini tashkil etish taqiqlanganligini eslatib o‘tdi.

«Direktorlarning yagona maktab formasi savdosini yoki boshqa bichimdagi formalarni markazlashgan holda joriy etishni tashkil etishi taqiqlanadi. Maktab formalari savdosi maxsus savdo shoxobchalari orqali tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qildi.

Mazkur qarorga ko‘ra, yagona maktab formasi 2019/2020 o‘quv yilidan emas, balki 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.

2024/2025 o‘quv yiliga qadar o‘quvchilar maktablarga yagona maktab formasida kelishlari ixtiyoriy bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hududlar kesimida o‘quvchilar uchun maktab formalari ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yxatini e’lon qilgan. Ota-onalar formalarni ulardan sotib olishlari mumkin», deyiladi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabarida.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing