Prezident maktablarida ishlash istagini bildirgan mahalliy o‘qituvchilar orasida test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Namangan, Nukus Xiva va Toshkent shaharlarida o‘z faoliyatini boshlaydigan Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralash jarayoni davom etmoqda.

Hozirgi kunda yangi maktablar binosining qurilish ishlari bilan birga o‘quvchi va o‘qituvchilarni saralash ishlarining yakuniy bosqichlari o‘tkazilmoqda.

17-18 iyul kuni Namangan, Nukus Xiva va Toshkent shaharlarida Prezident maktablarida ishlash istagini bildirgan mahalliy o‘qituvchilar orasida fan bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlarida 28 maydan 10 iyul kuniga qadar Prezident maktablarida ishlash istagini bildirgan nomzodlar orasidan saralab olingan mutaxassislar ishtirok etdi.

Qoraqalpoq tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti, rus tili, ingliz tili, ma’naviyat asoslari, tarix, matematika, informatika, biologiya, kimyo, fizika va astranomiya hamda boshqa fanlardan jami 273 nafar nomzod imtihonda qatnashdi.

Imtihondan so‘ng nomzodlar suhbatdan o‘tadi va eng bilimli o‘qituvchilar Prezident maktablariga ishga qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘qituvchilardan ariza qabul qilish jarayoni 20 iyul kuniga qadar davom etadi. 10-20 iyul kunlari hujjat topshirgan o‘qituvchilar ham test topshirib, suhbatdan o‘tadi. Ushbu maktablarda ishlash istagida bo‘lganlar rasmiy sayt orqali onlayn ariza topshirishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz:

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing