Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dars soatlari kamaytirilishi mumkin

Bugungi kunda mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars soatlari yuklamasi haftasiga 35 soatdan ko‘p. Vaholanki, Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich 30-32 soatdan oshmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi maktablarda o‘quv soatlarini kamaytirish va o‘quv darsliklarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning aytishicha, bugun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv soatlari haftasiga 35 soatdan ko‘payib ketgan. Germaniya, Norvegiya, Daniya, Finlyandiya, Chexiya, Polsha, Latviya, Litva, Estoniya kabi Yevropa davlatlarida esa bu 32 soatdan oshmaydi.

Yana bir muammo – sifati uncha yuqori bo‘lmagan darsliklardir. Xalq ta’lim vazirligi xorijlik mutaxassislar ishtirokida tuzilgan o‘quv qo‘llanmalarini, shuningdek, muhandislik fanlari, san’at va matematikani o‘qitish bo‘yicha onlayn-servis hisoblangan STEAM-yo‘nalishni ta’lim sohasiga tatbiq etmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan edi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing