Xalq taʼlimi tizimi xodimlari maoshlari miqdori 1-avgustdan qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF–5765-sonli farmoni bilan 2019-yilning 1-avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

Mazkur farmon ijrosi doirasida 2019-yil 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Madaniyat vaziri hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirlarining qoʻshma qarori qabul qilindi.

Qoʻshma qaror bilan 2019-yilning 1-avgustidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshirilishi munosabati bilan xalq taʼlimi, madaniyat hamda sport muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qayta ishlab chiqilib, xalq taʼlimi, madaniyat va sport muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari tasdiqlandi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, madaniyat vaziri, jismoniy tarbiya va sport vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari, vazirliklar tasarrufidagi respublika tashkilotlari rahbarlariga xalq taʼlimi, madaniyat va sport muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining ish haqlarini ilovadagi bazaviy tarif stavkalar boʻyicha oʻz vaqtida qayta hisob-kitob qilish, xalq taʼlimi, madaniyat va sport muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari oʻzgarishi munosabati bilan qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlarni ajratish yuzasidan tegishli moliya organlari bilan ish olib borish vazifalari topshirildi.

Mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari

1. Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari

2. Xalq taʼlimi muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari

3.Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshlari

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing