O‘zbekistonda universitet va institutlar maktablarga biriktiriladi

O‘zbekistonda universitet va institutlar maktablarga biriktiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

«Vazirlar Mahkamasi (Aripov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy ta’lim vazirligi (Majidov) bir oy muddatda barcha hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari salohiyatidan foydalangan holda, maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.

Universitet va institutlarni, ularning kafedra va dekanatlarini maktablarga biriktirish lozim. Ya’ni ular maktablarni «otaliqqa olish»lari kerak», – deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan oldin, prezident Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy hayotimizdagi, hukumatdagi nufuzi va ta’siriga ko‘ra Moliya vazirligi bilan barobar bir mavqeda turishi kerakligini aytgan edi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing