Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-son buyrugʻi (Adliya vazirligida roʻyxat raqami 1778, 2008-yil 20-mart) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 34-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi buyruq loyihasi regulation.gov.uz portaliga muhokamaga qoʻyildi.

Loyihaga koʻra, ushbu nizomning 34-bandi ikkinchi xatboshi “Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi” deya bayon etilmoqda.

                                                                                                                                        Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print

image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing