Maktablarda chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimi direktor o‘rinbosari lavozimiga aylantiriladi

O‘zbekistonda umumta’lim muassasalaridagi chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimini yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga aylantiriladi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.

Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi (Qurbonov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur lavozimda faoliyat olib boradigan xodimlarni moddiy va ma’naviy jihatdan munosib rag‘batlantirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (Qodirov) Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov) va “Oila” ilmiy-amaliy markazi (Toshmuhamedova) bilan birgalikda ikki oy muddatda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi – ma’naviy tarbiyaning g‘oyaviy mohiyat va strategiya yo‘nalishini belgilashga;

Vazirlar Mahkamasi – strategiyaning ijrosini ta’minlash, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni nazorat qilib borish va moliyalashtirishga;

mutasaddi vazirliklar, idoralar va hokimliklar – belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga mas’ul ekanligi alohida ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Mudofaa vazirligi (Qurbonov) bir oy muddatda maktablarda vatanparvarlik va fidoyilik ruhini rivojlantirish maqsadida yoshlarga o‘rnak bo‘la oladigan iste’fodagi harbiylarni tarbiyaviy jarayonga jalb qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing