“Qizlar borki , o`lka omon, qo`rg`on but”.

Kam bo`lmasin hargiz  baxtu iqboli

So`zlasa  tilidan to`kilur  boli,  Barchinoydek suluv juda iqboli

O`z qadrini bilgan iffat-hayoli

Bu yuksak  baholi –o`zbek ayoli.

Joriy yilning  14-sentyabr  kuni Yuqori Chirchiq  tumanida  “Qizlar forumi” o`tkazildi. Ushbu forumni tashkil etishdan maqsadimiz, O`zbekiston  Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  tomonidan  2019  yil  3–aprel kuni yoshlar  ta`lim tarbiyasi uchun qo`shimcha sharoitlar yaratish,  xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o`z  ichiga olgan 5 ta tashabbusni  amaliyotga joriy etish hamda amalga oshirish masalalari qo`yildi.

Yoshlarni sportga jalb etish,  aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter savodxonligini oshirish,  yoshlar  ma`naviyatini yuksaltirish,  ular  o`rtasida  kitobxonlikni targ`ib etish maqsadida umumta`lim maktablarining   “Orasta qizlar” hamda  “Qizlarjon klub”lari  faoliyatini yanada takomillashtirishdan iborat.                Forumda Toshkent viloyati Hokimi o`rinbosari ,  xotin-qizlar qo`mitasi raisi          О. Parpiboyeva ,  Prezident  devoni ma`sul xodimi  X.Sharipboyev,  Xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi  41  ta umumta`lim maktablarilider qizlari hamda  Boshlang`ich xotin-qizlar qo`mitasi raislari ishtirok etishdi.

Tadbirda Tuman hokimi o`rinbosari  Xotin qizlar qo`mitasi  raisi M.Mirtursunova  yil   davomida amalga oshirilgan ishlari to`g`risida , Xalq ta`limi bo`limi t a`lim muassasalar  faoliyatini tashkil etish sho`ba  mudiri Sh.Rasulovaning  “O`quvchining kiyinish madaniyati”,   FHDYO  bo`limi mudiri G.Berikovaning  “Erta nikohni oldini olish”, Tuman  tibbiyot  birlashmasi shifokori  G.Sahiyevaning  “Qizlar salomatligi”  to`g`risidagi  ma`ruzalari tinglandi.  Yoshlik inson hayotining eng  go`zal kuchga to`lgan, imkoniyatlar , orzu-umidlar va rejalarga boy davrdir. Aynan mana shu davrda olgan bilimlar,  amalga oshiradigan va oshirmoqchi bo`lgan ishlar kelgusi hayotni belgilab beradi.Kelajak  avlodni ziyrak, epchil ,  chaqqon, mehribon va oqila qilib tarbiyalash hamda qizlarga bo`lgan  e`tiborni yanada kuchaytirish barchamizning vazifamizdir.

print

image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing