Buxoroda Italiya universiteti bilan hamkorlikda “Ochiq matematika olimpiadasi” tashkil etilmoqda

Joriy yilning 13-oktyabr kuni Buxoro viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Buxoro davlat universiteti va Italiyaning Piza universiteti hamkorligida ochiq matematika olimpiadasi oʻtkaziladi.

Ushbu olimpiadada mamlakatimiz umumtaʼlim maktablarining 7-11-sinf, akademik litseylarning 1-2-bosqich va kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

Olimpiadada 5 ta masala beriladi va har bir masala 7 ballik tizimda baholanadi. Ishtirokchilarga masalalarni yechish uchun 4 soat beriladi.

Olimpiada uchun topshiriqlar (yozma ishlar) Xalq taʼlimi vazirligining Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti, Buxoro davlat universiteti va Italiyaning Piza universiteti mutaxassislari hamkorligida tuziladi.

Ishtirokchilar orasidan “oʻziga xos yechim”, “eng yaxshi gʻoya” va boshqa nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlash rejalashtirilgan.

Olimpiadada ishtirok etishni xohlovchi oʻquvchilar quyidagi telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi: +998974559676.

Mazkur olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi Prezident qarori (PQ-4306-son) ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Roʻyxatga olish 2019-yil, 12-oktyabr, soat 19:00 ga qadar davom etadi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing