Pedagogik mahorat institutlari va Xalq ta’limi akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Pedagogik mahorat institutlari va Xalq ta’limi akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari negizida Pedagogik mahorat institutlarini tashkil etish;

Xalq ta’limi sohasida fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, soha xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv va metodik ishlarni hamda soha mutaxassislarining oliy ta’limdan keyingi ta’limini yanada takomillashtirish maqsadida A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti negizida A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi akademiyasini tashkil etish;

Akademiyada “Ta’lim sohasi menejmenti” va “Kattalar ta’limi” (“Androgogika”) mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyotchi pedagoglar tarkibidan yuqori malakali ta’lim sohasi menejyerlari hamda mutaxassislarini tayyorlaydigan 1 yillik magistratura faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘quvlarning masofaviy (Moodle, E-learning, Web-based training) va uyg‘unlashgan (blended-learning) kabi samarali shakllarini, shuningdek, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning belgilangan davriylikka rioya qilingan holda, tajriba tariqasida, xodimlarni har yili o‘qishga jalb qilishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish;

tajriba tariqasida, pedagog kadrlarning har yili tashkil qilinadigan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari va undan keyingi davrda fanlar bo‘yicha tayanch maktablarida ishdan ajralmagan holda o‘tkaziladigan (on-the-job training) doimiy o‘quvlardan iborat uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish;

xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tashkil qilish va har bir xodimning o‘z individual trayektoriyalari bo‘yicha malaka oshirishi jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona ma’lumotlar bazasiga asoslangan elektron platformani yaratish va amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing