O‘zbekistonda maktablar «tashvish tugmalari» bilan jihozlanadi

Hukumat qarori bilan Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obektlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar tasdiqlangan ro‘yxatga asosan obektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi.

Qarorga muvofiq, maktablar va diniy tashkilotlarning obektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi.

Banklar va ular filiallarining qo‘riqlanishini tashkil etish shartlari Milliy gvardiya va Markaziy bank birgalikda tasdiqlagan qoidalarga asosan belgilanadi.

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan obektlarni qo‘riqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qo‘riqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslarga va tadbirkorlarga tegishli obektlar ularning ixtiyoriga ko‘ra tuzilgan shartnomalarga asosan qo‘riqlanadi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing