Xalq ta’limi tizimida mentor lavozimi joriy etiladi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida»gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan edi.

Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi  va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, tuman xalq ta’limi bo‘limlaridagi umumta’lim fanlari bo‘yicha «metodist» (uslubchi) lavozimi o‘rniga «mentor» lavozimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi mutasaddilari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Umarov ushbu yangilikning bo‘yicha izoh berdi.

«Metodistlar hududdagi fan o‘qituvchilariga yetakchi, lokomativ bo‘lishi, respublika tizimidagi yangiliklarni ustozlarga yetkazish vazifasini bajarishi kerak.

Shunday muhim vazifa yuklangan bo‘lsa-da, metodistlarning maoshi o‘zgarmagan. Oylik maoshi 1 million so‘m bo‘lgan ustozlar yetakchisi – metodist lavozimiga talabgorlar esa doim ham yuqori malakalilar bo‘lmagan», deydi Alisher Umarov.

Uning ta’kidlashicha, metodist faoliyati yakunlanib, o‘rniga «mentor» («boshqalarga ish o‘rgatuvchi kishi») lavozimining joriy etilishi bilan ularning mavqeyi va maoshi oshiriladi. Mentorlik lavozimiga esa oliy toifali o‘qituvchilar orasidan saralangan kadrlar tanlab olinadi.

Bu bilan mentorlar hududlarda Xalq ta’limi vazirligining asosiy yordamchilariga aylanadi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing