Xalq ta’limi vazirligi hay’at a’zolari tarkibi tasdiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Hay’at a’zolari tarkibi tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hay’at a’zolari soni 11 nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:

Sherzod Shermatov – vazir
Alisher Umarov – vazirning birinchi o‘rinbosari
Temurjon Komilov – vazir o‘rinbosari
lavozimiga ko‘ra – vazir o‘rinbosari
Ibrohim Jo‘rayev – vazir o‘rinbosari
Dilshod Kenjayev – vazir o‘rinbosari
Shuhrat Usmonov – Ijro etuvchi apparati boshlig‘i
Albert Hasanov – Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i
Zafarjon Tojiboyev – Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i
Iskandar To‘rayev – vazirning nazorat-huquqiy xizmati boshlig‘i
Eldorbek Rasulov – Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va ta’lim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing