KUZATUV KENGASHLARINING MAKTAB BOSHQARUVIDAGI ROLINI OSHIRISHGA OʻZ HISSANGIZNI QOʻSHING

Xalq taʼlimi vazirligi U-Report loyihasi bilan hamkorlikda maktablarda Kuzatuv kengashi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazdi.

Soʻrovnoma natijasiga koʻra, respondentlarning 61 foizi maktab Kuzatuv kengashi haqida hech narsa bilmasligi aniqlandi. Shuningdek, ularning 43 foizi kengash haqida birinchi marta eshitayotganini va 18 foizi faqat kengashning mavjudligi toʻgʻrisida eshitganligini bildirdi.

kuzatuv-kengashlari-uzb.png

Respondentlarning 1/5 qismi ular toʻgʻrisida juda kam maʼlumotga egaligi, shuningdek 17 foizigina ularning faoliyatidan yaxshi xabardor ekanligini bildirgan.

Hozirgi kunda xalq taʼlimi tizimida 10 mingga yaqin maktab faoliyat yuritmoqda. Har bir maktabning oʻziga yarasha muammolari bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida “Maktab taʼlimini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur” deb taʼkidlagan edi.

Kuzatuv kengashlari mazkur maqsadga erishishga koʻmak bera oladigan bir mexanizmdir. Kuzatuv kengashi aʼzolari 3 yilga saylanib, ular kamida 7 kishidan iborat boʻlishi kerak: 2 ta ota-ona, 2 ta bitiruvchi, 1 nafaqadagi oʻqituvchi, shuningdek kamida 2 ta homiy.

Kengashning vazifasiga maktab direktorini saylash, maktabning moliyaviy rejalarini tasdiqlash, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar monitoringi, oʻquvchilar va ularning ota-onalari murojaatlarini koʻrib chiqish, shuningdek boshqa masalalar kiritildi.

Kuzatuv kengashlari maktabda jamoatchilik nazorati vazifasini bajarishi lozim. Uning aʼzolari maktab rahbariyati bilan maktab shart-sharoitini yaxshilash va taʼlim sifatini oshirishda, noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga oʻz hissasini qoʻshishi kerak.

Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalarni maktabdagi Kuzatuv kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishishga va ularga koʻmak berishga chaqiradi.

Maktabdagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etishga Kuzatuv kengashi aʼzolari bilan birgalikda oʻz hissamizni qoʻshaylik.

Kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom: http://lex.uz/docs/4157297

Maktablarda direktor tayinlashning yangi tartibi haqida infografika: https://uzedu.uz/uz/maktab-direktori-lavozimiga-nomzodlar-tajinlasda-angi-mehanizm-zorij-etildi

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing

Copyright © 2020 Yuqori Chirchiq tumani XTBining rasmiy sayti-